Akademik ko'nikmalar
Ko'plab ota-onalar bolasi bog'chadan keyin yozish, o'qish, hisoblash, ingliz tilida aniq gapirish, rus tilida savodli yozishni o'rganadi va birinchi sinfdan boshlab a'lochi bo'ladi, Oxford'ga qabul qilingunicha bir necha qadam qoldi deb o'ylashni xohlardi.
ITA xususiy xalqaro bolalar bog'chasi ijtimoiy-kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirish, mantiqiy fikrlash, elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish, harflar va tovushlarni o'zlashtirish va keng dunyoqarashga e'tibor qaratadi.
Shuni esda tutish kerakki, maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati — o'yin. Bog'chaning asosiy maqsadi — bolalar o'yin orqali maktab dasturini o'rganishga tayyorlanadigan muhit yaratishdir. Shunday qilib, ular zarur bilim va ko'nikmalarni osonroq o'zlashtirib, maktabga ruhiy jihatdan ham tayyor bo'ladilar.